Qudratali Yigitaliyeviç Mamatisayev Qaşqadaryo viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliği vazifasini vaqtinça bajaruvçisi etib tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qömitasi Jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi «Kun.uz»ga ma'lum qildi.
«Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi tomonidan sohani tubdan isloh qiliş va soliq ma'muriyatçiligini takomillaştirişga yönaltirilgan amaliy çora-tadbirlar barça yönalişlarda faollik bilan davom etirilmoqda. Xususan, islohotlarning ustuvor yönalişlaridan biri – tizimni salohiyatli kadrlar bilan mustahkamlaş bölib, bu yölda qömitaning hududiy tuzilmalari rahbarlik lavozimlariga sohaning yetuk va malakali mutaxassislari tayinlanmoqda», deyiladi Davlat soliq qömitasi xabarida.
Qudratali Mamatisayev 1973 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Ma'lumoti oliy, 1995 yilda Toşkent moliya institutini tamomlagan.

Soliq tizimidagi faoliyatini 1995 yilda Toşkent şahar Şayxontohur tumani davlat soliq inspeksiyasida soliq inspektori lavozimidan boşlab, 1997 yilgaça u uşbu inspeksiyada turli lavozimlarda işlagan. 1997-2009 yillar davomida Davlat soliq qömitasida mas'ul lavozimlarda faoliyatini davom ettirgan. 2009-2014 yillarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti devonida faoliyat yuritgan. 2014-2016 yillarda Toşkent viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliği, 2016-2018 yillar mobaynida Davlat soliq qömitasida boşqarma boşliği lavozimida mehnat qilgan.
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 28 yanvar kuni Qaşqadaryo viloyati faollari bilan bölib ötgan uçraşuvidan keyin Qaşqadaryo viloyati Davlat soliq boşqarmasi boşliği Sobir Rahmonqulov öz vazifasidan ozod etilgan, uning örniga Davlat soliq qömitasi sobiq raisi Botir Parpiyevning birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Abdusalom Yöldoşev yangi rahbar etib tayinlangandi.
Şu yilning mayida Abdusalom Yöldoşev Farğona vodiysida qölga olinib, Toşkentga keltirilgani haqida ma'lum böldi.
U aynan qaysi jinoiy iş doirasida qölga olingani hozirgaça ma'lum emas.
Abdusalom Yöldoşev öz mehnat faoliyatining turli yillarida Andijon viloyati va Toşkent şahrida davlat soliq boşqarmasi boşliği sifatida işlagan. 2012 yilning fevralidan Davlat soliq qömitasi raisi birinçi örinbosari etib tayinlangan edi.
















