Air Canada uçuvçilariga yaqin kunlargaça soqol östirişga ruxsat berilmagan, Simon Freyzer Universitetida ötkazilgan tadqiqot soqolning kislorod ötkazuvçi moslamalarning  samarali faoliyati uçun xalaqit berişiga oid afsonani yöqqa çiqardi. CBC News şu haqida xabar berdi. 

Bugunga kelib Air Canada özining soqolga doir siyosatini özgartirdi - ekipaj a'zolari köpi bilan 1,25 santimetrgaça soqol östirişi mumkin.

Bunga qadar favqulodda vaziyatlarda uçuvçi kislorod uzatuvçi niqobni kiya olişi uçun toza, soqolsiz yuz bölişi kerak bölgan. 

Air Canada raspiratorlar samaradorligini soqolli uçuvçilardan sinab körişga qaror qilib, universitet jamoasini taklif qildi. Bunga tajribali uçuvçi-sikxning arizasi sabab böldi.

Tadqiqot natijalari muvaffaqiyatli yakunlandi. Endilikda Air Canada uçuvçilari soqolda işlaşiga izn berildi.