2018 yil 16 sentabr kuni taxminan soat 18:00 lardan boşlab Özbekistonda Facebook ijtimoiy tarmoği işida yana uzilişlar kuzatilmoqda. Tarmoqqa töğridan-töğri ulanib bölmayapti, foydalanuvçilar anonimayzerlar va VPN orqali boğlaniş orqali sayt hamda ilovalarga ulanişmoqda.

Sentyabr oyi boşida ham ijtimoiy tarmoqqa Özbekistondan kirib bölmay qolgan edi. 3 sentabrda yuzaga kelgan muammo 12 sentabrga kelibgina bartaraf bölgandi.

Ijtimoiy tarmoqqa kirişda muammolar paydo bölgaç, foydalanuvçilar orasida Facebook Özbekistonda yopilgani töğrisida taxminlar paydo bölgan, biroq «Özbektelekom» bunday ehtimolni rad etib, Markaziy Osiyo va Şimoliy Yevropadagi boşqa mamlakatlarda ham şunday muammolar kuzatilayotganini rasmiy bayonot bilan ta'kidlab ötgan edi.

Facebook bir haftadan köproq muddat işlamaganiga şundan boşqa izoh berilmadi.

Qayd etiş kerakki, Facebook’ga ulaniş borasida muammolar boşlangaç, Özbekistondagi Android va iOS qurilmalari egalari VPN dasturlarini ommaviy ravişda yuklab ola boşlaşdi va bu Google Play’da ham öz aksini topdi - Secure VPN va Thunder VPN Özbekiston böyiça eng köp yuklab olinuvçi ilovalar 20taligiga kirdi.

Agar sizda Facebook işlamayotgan bölsa, sizga VPN yordam beradi. Uşbu maqola orqali ijtimoiy tarmoqdan yana muammosiz foydalanişni boşlaşingiz mumkin böladi.