Afğoniston fuqarosi Özbekiston Islomiy harakati a'zosi bölgan.

«Özbekiston-24» telekanali ma'lumotlariga köra, Abdulhamid Muhammad Hasan 1977 yilda Afğonistonda tuğilgan.

2005 yilda u Özbekistonga qarşi jinoiy harakatlarda iştirok etganligi uçun Milliy xavfsizlik xizmati (hozirgi DXX) xodimlari tomonidan hibsga olingan.

1998 yildan u Tohir Yöldoşev boşçilik qilgan, Afğonistonda Özbekiston Islomiy harakati a'zosi hisoblangan. Ta'kidlanişiça, u amaldagi konstitutsion tuzumni özgartiriş, hokimiyatni qölga oliş, davlat organlari faoliyati va mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni buzişga qaratilgan fitnada faol iştirok etgan.

Qölga olinganidan söng, unga nisbatan jinoiy iş qözğatildi va Toşkent şahar jinoiy işlar böyiça sudi uni 16 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Sentyabr oyi boşida u prezident farmoniga binoan afv etildi va ozodlikka çiqarildi.