2018 yilning 18 sentabr kuni soat 07:30larda ISUZU rusumli avtobus Kogon tumanidagi “Zelich oil” metan gaz quyiş şoxobçasidan yoqilği quyib, taxminan 700 metr masofa yurganidan söng, “Kogon-Qorovulbozor” yönalişining 201-km.da harakatlanib ketayotganida gaz balloni portlagani xabar qilingandi.
Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, Qorovulbozor tumanidagi “Rahmon Ahmad” fermer xöjaligi raisi R.Ahmedov, Vobkent tumani “Puşmon” MFY, “Xayrabodça” qişloğida yaşovçi G.Roziqova tomonidan 25 nafar fuqarolardan iborat qişloq xöjaligi işlariga jalb qiliş uçun taşkil qilingan mavsumiy madad guruhi bilan fermer xöjaligida ekilgan makkajöxori sötasini oliş uçun Vobkent tumanidan Qorovulbozor tumaniga olib ketayotgan vaqtda uşbu hodisa sodir bölgan.
Avvalroq, Buxoro viloyati IIB xabarida jabrlanganlar voqea ular paxta teriş uçun oğzaki kelişib, Vobkent tumanidan Qorovulbozor tumaniga olib ketilayotgan vaqtda uşbu hodisa sodir bölganini aytişgani ma'lum qilingandi.
Eslatib ötamiz, bundan avval Buxorodagi portlaş oqibatida halok bölganlar haqida ma'lumot berildi.


















