2018 yilning 18 sentabr kuni soat 07:30larda ISUZU rusumli avtobus Kogon tumanidagi “Zelich oil” metan gaz quyish shoxobchasidan yoqilg‘i quyib, taxminan 700 metr masofa yurganidan so‘ng, “Kogon-Qorovulbozor” yo‘nalishining 201 km.da harakatlanib ketayotganida gaz balloni portlagani xabar qilingandi.

Natijada, avtobusda yo‘lovchi sifatida ketayotgan 26 nafar fuqarolar jarohatlanib, ularning 4 nafari hodisa joyida va 1 nafari shifoxonada  vafot etgan, qolgan 21 nafar yo‘lovchilarning 5 nafari og‘ir, 7 nafari o‘rta og‘ir hamda 9 nafari yengil ahvolda, 5 nafar og‘ir bemor Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialiga, qolganlari esa Kogon shahar shoshilinch tez tibbiy yordam markaziga yotqizilib, ularga malakali shifokorlar tomonidan  tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Buxoro viloyati IIBning Kun.uz’ga xabar berishicha, hodisa joyiga viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev, viloyat prokurori B.Valiyev, viloyat IIB boshlig‘i Sh.Aliyev, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i F.Amonov, respublika DXX Buxoro viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Asrorov, viloyat IIB YHXB boshlig‘i A.Ahmedov, YoXB boshlig‘i Sh.Xushnazarov, viloyat IIB huzuridagi TB tergovchilari, viloyat IIB EKB boshlig‘i L.Pulatov rahbarligidagi ekspertlar, sud-tibbiy eksperti, Respublika IIV YoXBB mas'ul xodimlari, Kogon shahri, Kogon, Vobkent va Buxoro tuman hokimlari, prokurorlari, IIB boshliqlari, ushbu tuman-shahar IIBlari hamda Buxoro viloyat IIB tezkor-tergov guruhi a'zolari chiqdi.

Hodisa joyi videokamera hamda boshqa ilmiy texnika vositalari qo‘llanilgan holda “Sanoatgeokontexnazorat” Buxoro mintaqaviy inspeksiyasi mutaxassislari ishtirokida ko‘zdan kechirildi va uning sxemasi tuzildi hamda tekshirish uchun ahamiyatga molik bo‘lgan ashyolar olindi.

Vafot etgan shaxslar: 

1.Ergasheva Fotima Axrorovna, 1974 yilda Vobkent tumanida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, oilali, vaqtincha ishsiz, Vobkent tumani, “Pushmon” MFY “Xayrabodcha” qishlog‘ida yashagan.

2.Jumayeva Nilufar Abdullayevna, 17.01.1984 yilda Vobkent tumanida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, oilali 2 nafar farzandi bor, vaqtincha ishsiz, Vobkent tumani, “Pushmon” MFY “Xayrabodcha” qishlog‘ida yashagan.

3.Jumayeva Hilola Fayzullayevna, 03.08.1982 yil Vobkent tumanida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, oilali 3 nafar farzandi bor, vaqtincha ishsiz, Vobkent tumani, “Pushmon” MFY, “Xayrabodcha” qishlog‘ida yashagan.