Tojikistonning Söğd viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda ötgan yakşanba kuni, öz tuğilgan kunida paxta terimçisiga aylandi: u paxta dalasiga çiqib, qölda 75 kilogramm paxta terdi.
16 sentabr, yakşanba kuni Söğd davlat hokimiyati organining 300dan ortiq xodimi ham uning ketidan dalaga çiqdilar: ular dehqonlarga yiğim-terimda yordam beriş uçun dalaga çiqişgan.
Viloyat raisi matbuot xizmatining xabar berişiça, şu kuni Söğd ma'muriyati xodimlari Jabbor Rasulov tumanidagi «Sirdaryo» dehqon xöjaligida 8,5 tonnadan ziyod «oq oltin»ni terişgan.
«Şanba kuni, fuqarolar qabul qilinganidan keyin, rais paxta dalasida edi, yakşanba kuni ham u boşqa işçilar bilan birga paxta terdi. Bir kun davomida u 75 kilogramm paxta terişga muvaffaq böldi», - deya ta'kidlab ötdi Söğd viloyati raisining matbuot kotibi Muzaffar Yunusov.

Eslatib ötamiz, avvalroq Farğonada sabzavot yetiştiruvçi fermerlarni paxta terimiga majburiy jalb etişning oldi olingani xabar berilgandi.
Farğona viloyati, Uçköprik tumani hokimligining Qişloq xöjaligi bölimi boş mutaxassisi S.Şukrullayev paxta terimi munosabati bilan tuman hududidagi sabzavot yetiştirişga ixtisoslaşgan fermer xöjaliklariga har gektar yer maydoni uçun bir nafardan terimçi topib beriş şartini qöygani aniqlangan.

















