Özbekiston Respublikasi prezidenti “Özbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan 2019 yil 1 yanvardan:
auditorlik taşkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdoriga doir;
auditorlik taşkilotlari rahbarlarining attestatsiyadan ötişi böyiça;
ustav kapitalida davlat aksiyalari (uluşlari) töplami 50 foizdan ortiq bölgan korxonalarda taşqi auditni ötkaziş uçun auditorlik taşkilotini Özbekiston Respublikasi Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan röyxat içidan tanlov asosida tanlaş töğrisidagi talablar bekor qilinadi.
Belgilanişiça, 2020 yil 1 yanvardan:
a) hisobot yili yakuni böyiça quyidagi şartlardan bir vaqtning özida ikkitasiga javob bergan tijorat taşkilotlari ham har yili majburiy auditorlik tekşiruvidan ötişi lozim:
aktivlarning balans qiymati eng kam iş haqining 100 ming barobar miqdoridan ortiq bölsa;
mahsulotlarni (işlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilişdan tuşum eng kam iş haqining 200 ming barobar miqdoridan ortiq bölsa;
xodimlarning örtaça yillik soni 100 kişidan ortiq bölsa;
b) auditorlik taşkilotlari auditorlik faoliyatini faqat Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi tomonidan naşr etiladigan xalqaro audit standartlari asosida amalga oşiradi;
v) majburiy auditorlik tekşiruvlarini ötkazuvçi auditorlik taşkilotlari işi sifatining taşqi nazorati natijalari Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining veb-saytida e'lon qilinadi.
















