Özbekiston Respublikasi prezidenti “Özbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.
2019 yilning 1 yanvaridan boşlab şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq:
tijorat taşkiloti, agar u haqdagi axborot Tadbirkorlik sub'yektlarining yagona davlat reyestriga kiritilgan sanadan boşlab uç oy davomida auditorlik faoliyatini amalga oşiriş uçun litsenziyaga ega bölgan auditorlik taşkilotlari reyestriga kiritilmagan bölsa, öz nomida “auditorlik taşkiloti” sözlaridan foydalanişga haqli emas;
auditorlik faoliyatini amalga oşiriş uçun litsenziya lisenziatga barça turdagi auditorlik tekşiruvlarini ötkaziş huquqini beradi;
auditorlik taşkilotining ustav kapitali auditorlik taşkiloti faoliyatini amalga oşirişda bevosita foydalaniladigan mol-mulkdan, şu jumladan, pul mablağlaridan şakllantiriladi;
auditorlik taşkiloti asosiy iş joyi hisoblangan auditorlarning eng kam soni kamida tört nafar ştatdagi auditordan iborat böladi;
aynan bitta xöjalik yurituvçi sub'yektning auditorlik tekşiruvi ketma-ket yetti yildan ortiq bölmagan muddatda ötkaziladi;
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan auditorlarning respublika jamoat birlaşmalari bilan birgalikda har uç yilda kamida bir marta auditorlik taşkilotlari işining sifati taşqi nazoratdan ötkaziladi;
auditorlik taşkilotlari özlarining veb-saytlarida yoki auditorlar jamoat birlaşmalarining veb-saytlarida ötkazilgan majburiy auditorlik tekşiruvlari töğrisidagi axborotni xöjalik yurituvçi sub'yektning identifikatsiya ma'lumotlarini va auditorlik xulosasini körsatgan holda e'lon qiladi.
Faoliyat yuritayotgan auditorlik taşkilotlari 2019 yilning 1 apreliga qadar mazkur qarorda belgilangan ştatdagi auditorlarning eng kam soni töliq töldirilişini ta'minlaydi.

















