Özbekiston Respublikasi prezidenti “Özbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Hujjatda qayd etilişiça, qator muammolar va kamçiliklar auditorlik faoliyatining yanada rivojlanişiga, boşqarişga oid qarorlarni qabul qiliş va korporativ boşqaruv sifatini oşiriş uçun auditorlik xizmatlarining ahamiyatini oşirişga tösqinlik qilmoqda, xususan:
birinçidan, auditorlik taşkilotlariga işonç darajasi past, şuningdek, auditorlik tekşiruviga moliyaviy hisobotning haqqoniyligini tasdiqlaşning kafolati emas, balki ortiqça va malol keladigan ma'muriy tartib-taomil sifatida qaralmoqda;
ikkinçidan, auditorlik taşkilotlarini tanlab oliş böyiça mavjud çeklovlar va tanlovlar ötkaziş amaliyoti köp hollarda insofsiz, şu jumladan, narx borasida insofsiz raqobatni keltirib çiqaradi, buning oqibatida auditorlik xizmatlari sifati va auditorlik xulosalarining haqqoniyligi pasaymoqda;
uçinçidan, auditorlarni maxsus tayyorlaş va ularning malakasini oşirişning amaldagi tizimi yuzaki tusga ega bölib, professional tayyorgarlikning va auditorlik xizmatlari sifatining zaruriy darajasini, şu jumladan, auditorlik faoliyatining xalqaro standartlariga mosligini ta'minlamayapti, bu esa auditor kasbi nufuzining pasayişiga olib kelmoqda;
törtinçidan, auditorlik taşkilotlari işi sifatini taşqi nazorat qilişning samarali tizimi mavjud emas, bu litsenziyalovçi organning huquqiy ta'sir çoralari çeklangani şaroitida sifatsiz auditorlik xizmatlarini körsatiş hollariga va auditorlarning insofsiz xatti-harakatlariga nisbatan tezkor çora köriş imkonini bermayapti;
beşinçidan, auditorlik faoliyatining milliy standartlari umume'tirof etilgan xalqaro audit standartlariga töliq mos emas, bu esa xorijiy investorlarda mahalliy korxonalar moliyaviy hisobotlarining haqqoniyligini tuşuniş könikmasining şakllanişini ta'minlamayapti.

















