Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boşqarmasi tarkibida törtta ştat birligidan iborat professional taşkilotlar bilan özaro hamkorlik qiliş va auditorlik taşkilotlari işi sifatini taşqi nazoratdan ötkaziş bölimi taşkil etiladi.
Bu prezidentning “Özbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida belgilab qöyilgan.
Şunga mos ravişda vazirlik markaziy apparati boşqaruv xodimlarining çeklangan soni oşiriladi.
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 yilning 1 iyuliga qadar Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga buxgalterlar va auditorlar jamoat birlaşmalarini Moliya vazirligida akkreditatsiyadan ötkaziş tartibini joriy etiş va auditorlik faoliyatini litsenziyalaşni bekor qilgan holda auditorlik taşkilotlarining akkreditatsiyadan ötgan jamoat birlaşmalariga majburiy a'zoligini belgilaş böyiça takliflarni kiritadi.

















