Özbekiston Respublikasi prezidenti “Özbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan keltirildi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari – Özbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A.Qöçqorov auditorlik faoliyatini rivojlantirişning quyidagi ustuvor yönalişlarini amalga oşirişni ta'minlaydi:

auditorlik faoliyati töğrisidagi qonun hujjatlarini takomillaştiriş, şu jumladan, xalqaro standartlar asosida, auditorlik xizmatlari sifatini oşirişga va işbilarmonlar hamjamiyatining auditorlik taşkilotlari işi natijalariga işonçini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan auditorlik taşkilotlari işi sifatini taşqi nazorat qilişning ta'sirçan tizimini şakllantiriş; 

yoşlarni auditorlik kasbiga jalb etiş, xususan, professional jamoat birlaşmalarining tegişli oliy ta'lim muassasalari bilan faol hamkorligini ta'minlaş; 

auditorlik taşkilotlarining xalqaro auditorlik tarmoqlariga jalb etilganlik darajasini oşiriş, şu jumladan, auditorlik taşkilotlarini, auditorlarni auditning xalqaro standartlarini qöllaş masalalarida faol uslubiy jihatdan qöllab-quvvatlaşni taşkil etiş; 

auditorlar respublika jamoat birlaşmalarining xalqaro audit standartlarini belgilovçi xalqaro taşkilotlar bilan özaro hamkorlik qiliş, uşbu standartlarni qöllaş sohasida jahonning ilğor tajribasini ommalaştiriş böyiça faoliyatini faollaştiriş. 

Özbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. 

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (V.Pak), Adliya vazirligi (N.Jörayev), Iqtisodiyot vazirligi (M.Mirzayev), Davlat soliq qömitasi (B.Musayev), Toşkent moliya instituti (U.Azizov) va auditorlarning respublika jamoat birlaşmalari rahbarlari zimmasiga Çora-tadbirlar rejasining öz vaqtida va sifatli bajarilişi yuzasidan şaxsiy javobgarlik yuklandi.