Toşkent şahridagi Cinema Palace kinoteatri (sobiq «Panorama») davlat-xususiy şeriklik asosida berilişi mumkin. Bu haqda «Madaniyat va san'at sohasida davlat-xususiy şeriklikni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida aytiladi.
Madaniyat va san'at sohasida davlat-xususiy şeriklik asosida beriladigan davlat mulki obektlari röyxatida 90ta obekt bor.
Masalan, hozirda kinoteatrni “Alişer Navoiy nomli kinosaroyi” DUK boşqaradi. Bu yerdagi umumiy yer uçastkasi maydoni - 27 125 m.kv. Şundan, bino va inşootlar maydoni - 15 812,0 m.kv.
Röyxatda kinoteatrdan taşqari, Toşkentdagi yana ikkita obekt körsatilgan - Mirzo Uluğbek tumani, Buyuk ipak yöli köçasidagi “Gulşan” nomli Madaniyat va istirohat boği hamda Mirzo Uluğbek tumani, Qizilsuv köçasidagi 2-sonli madaniyat va aholi dam oliş markazi.
Eslatib ötamiz, davlat-xususiy şeriklik quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
davlat-xususiy şeriklik töğrisidagi axborotning oçiqligi va qulayligi, bundan davlat sirini va qonun bilan qöriqlanadigan boşqa sirni taşkil qilgan ma'lumotlar mustasno;
kamsitişning yöqligi, bitim tomonlarining teng huquqliligi;
tomonlarning bitim böyiça majburiyatlarni vijdonan bajarişi;
xavf-xatarlar va majburiyatlarning bitim tomonlari örtasida adolatli taqsimlanişi;
davlat-xususiy şeriklik tomonlari özaro munosabatlarining şartnomada kelişib olingan asosi.

















