AQŞ hukumati xorijliklarga grin-karta va viza beriş jarayonini murakkablaştirmoqçi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar tarqatgan.
Unga köra, AQŞ hukumatidan ijtimoiy yordam olgan, xususan, oziq-ovqat, dori-darmon, ijtimoiy turar joy va vaqtinçalik boşqa yordam olgan muhojirlarning grin-karta sörab bergan arizalari rad etiladi. Agar AQŞ rasmiylari «bu muhojir bundan keyin ham hukumatning yordami bilan yaşaşni maqsad qilgan», degan xulosaga kelsa, bu holatda ham grin-karta berilmaydi.
Alohida holatlarda fuqarolikka da'vogardan 10 ming dollargaça bölgan miqdordagi mablağni depozit qiliş söralişi mumkin. Bu orqali hukumat da'vogar şaxs keyinçalik özini özi ta'minlay olişiga kafolat olmoqçi.
Tramp administratsiyasi bu özgarişlar AQŞga keliş istagidagi muhojirlar soni qisqarişi va öz-özidan, respublikaçilarning oraliq saylovlardagi «imkoniyatlarini oşirişi»ga umid bildirgan.
Içki xavfsizlik vaziri Kirsten Nilsen uşbu qonun loyihasi mamlakatga kelayotgan muhojirlar amerikalik soliq tölovçilar yelkasiga yuk bölib tuşmasligi uçun ham zarurligini aytmoqda. Uşbu loyihani tanqid qilayotganlar esa, avvalo, muhojirlarning bolalari tibbiy yordam va oziq-ovqatlardan mosuvo bölişidan xavotirda.
Tramp avvalboşdan muhojirlarga qarşi siyosat olib bormoqda. Prezident mamlakatga har yili minglab muhojirlarni qonuniy yöl bilan olib keladigan «Grin-karta» lotereyasidan voz keçiş tarafdori hisoblanadi.

















