«Özbekiston bilan munosabatlarning yaxşilanişi Duşanbeni Turkmanistondan Tojikistonga temir yölni Afğoniston şimoli orqali quriş ğoyasidan «vaqtinçalik voz keçişga» majburladi», - deya aytib ötdi Tojikistonning Özbekistondagi elçisi Sodiq Imomiy Aşurboyzoda «Kommersant'» bilan suhbatda.

Toşkentda 20 sentabr kuni «Markaziy Osiyo xalqaro transport yölaklari tizimida» konferensiyasi bölib ötdi, unda Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov iştirokçilarga Şavkat Mirziyoyevning murojaatini öqib eşittirdi. Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev qöşni mamlakatlar bilan transport aloqalarini mustahkamlaş, şuningdek, Yevroosiyo logistik xaritasini özgartiruvçi bir neçta yangi temir yöllari qurişni rejalaştirmoqda. Hozir uşbu mintaqada taşuvçilar vaqtning 40%gaça yöqotişga majbur bölmoqda. Şu sababdan ham bunga boğliq xarajatlar tufayli narxlar oşmoqda, deyiladi maqolada.

Gurbanguli Berdimuhamedov, Imomali Rahmon hamda Hamid Karzay örtasida Turkmaniston-Afğoniston-Tojikiston (TAT) transafğon yölagini barpo etiş böyiça uç tomonlama muzokaralar va quriliş loyihasi böyiça memorandumni imzolaş 2013 yil boşida bölib ötdi. 2016 yilning noyabrida Turkmaniston yölning öz uçastkasi qurilişini yakunlab, uni Afğoniston bilan çegaragaça olib bordi.