Yöl harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarşi kuraşiş samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisidagi hukumat qarori qabul qilindi.
“Huquqiy axborot” kanalining yozişiça, qarorga muvofiq, 2019 yil 1 iyuldan boşlab:
• transport vositasidagi videoregistratorlar qayd etgan huquqbuzarlik holatlari aks etgan videoyozuvlar maxsus avtomatlaştirilgan texnika (foto va videoradar) qayd etgan videoyozuvlarga tenglaştiriladi;
• taşkiliy-huquqiy şaklidan qat'i nazar jamoat transporti va yölovçi taşiş faoliyati bilan şuğullanuvçi yuridik şaxslar uçun avtotransport vositalariga videoregistratorlar örnatiş böyiça majburiy tartib joriy etiladi;
• huquqbuzarlik holatlari töğrisidagi videoyozuvlarni yuborgan şaxslar eng kam oylik iş haqining beş foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rağbatlantiriladi;
• huquqbuzarlik holatlari töğrisidagi videoyozuvlarni taqdim etgan şaxslar haqidagi ma'lumotlar oşkor etilmaydi.
Şuningdek, qaror bilan Jismoniy va yuridik şaxslarning avtotransport vositalariga örnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari töğrisidagi videoyozuvlarni qabul qiliş, körib çiqiş hamda ularni taqdim etgan şaxslarni rağbatlantiriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Şu bilan birga nizom ayrim masalan, xavfsizlik kamari taqmaslik, tezlikni oşiriş, mast holda boşqariş, piyodalarning yöl harakati qoidalarini buzişi kabi huquqbuzarliklarga tatbiq etilmaydi.
Içki işlar vazirligiga 2019 yil 1 iyulga qadar videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari haqidagi videoyozuvlarni töplovçi markazlaştirilgan tizimni işga tuşirilişini ta'minlaş vazifasi yuklandi.














