Bu yil vodiy viloyatlarida paxta hosili biroz keç yetildi. Köpni körgan dehqonlar ham paxta hosili 15-20 kunga keçikkanini aytişmoqda. Buning ustiga kuzning sovuq kunlari ham har yilgidan ertaroq boşlanadigan körinadi...
Fermerlar hosilni ertaroq yiğiştirib oliş harakatiga tuşişgan. Har bir yomğir yoğişi esa tayyorlov idoralariga topşiriladigan paxtaning navini pasaytirib yuboradi. Juda köp tumanlarda 10-15 sentabr kunlari paxta terimiga kirişilgan.
Bu yilgi terim sur'ati boşqaça. Paxtaning har bir terilgan kilogrammi uçun 750 sömdan tölanayotgani katta ijobiy özgarişlarga sabab bölmoqda. Moddiy manfaatdorlikni oşişi köplab kişilarni paxta dalasiga yetaklab çiqqan.
Farğona viloyati, Beşariq tumanidagi fermer xöjaliklarida ham terim avjida. Biroq, ular tomonidan terilgan hosilni paxta tayyorlov maskanlari qabul qilişda sun'iy ravişda sustkaşlik qilişyapti. Fermerlar bunday tuşunarsiz holatdan hayron. Fermer xöjaligi tomonidan terilgan paxta ortilgan aravali traktorlar xalq tilida «punkt» deya ataluvçi maskan oldida hosilni topşira olmay sutkalab qolib ketayotgani taajjubli. Kunduzgi soat 16 larga borib, «punkt» eşigi berkitilmoqda.
Xöş, bu holatdan kim zarar köradi? Albatta, fermer va terimçilar. Terimçining tergan paxtasi fermer xöjaligi traktorida «punkt»ga kelib tarozidan ötgaç, paxta zavod pul ötkaziş operatsiyasini bajaradi va terimçilarga haq tölanadi. Dalada terilayotgan paxta peşma-peş traktor aravasiga yuklanib, «punkt»ga olib kelinmasa, dalada terimçilar tergan paxtani yerga tökişlari kerak böladi. Hosil yerga tökilib sifati pasayadi, söng uni traktor kelgaç, yana yuklaşga töğri keladi. Qisqasi, bir qator muammolar...
«KUN.UZ» naşriga murojaat kelib tuşgaç, vaziyatni örganiş uçun Beşariq tumani, Yangi hayot mahallasida joylaşgan «Beşariq paxta zavodi»ga bordik. Darhaqiqat, zavod qoşidagi «punkt» oldidagi köça paxta yuklangan aravali traktorlarga tölib ketibdi.

«Men «Behruzbek zamini» fermer xöjaligi paxtasini olib keldim. Ikki kundan beri navbatda turibmiz. Nega qabul qilişmayapti, hayronmiz», deydi traktorçilardan biri. «Nişonboy ota» xöjaligi işçisi Ortiqali aka Kabirov ham uç kundan beri paxtani topşira olmay halak. Uning aytişiça, «punkt»ga ma'lum tonna paxta qabul qiliş haqida «yuqori»dan buyruq bölibdi.



















