Indoneziyalik 19 yaşar ösmir yigit 49 kun oçiq dengizda qolib ketdi. Bunga sabab uning baliq tutişga möljallangan kulbali qayiğini şamol qirğoqdan ança olisga olib ketgani böldi.

Aldi Novel Adilang 16 yoşidan beri baliqçilik qiladi. U baliq tutib sotişda oilasiga yordam beradi. Uning qiladigan işi baliqlarni çalğitiş uçun olov yoqilgan lampani tutib turiş bölgan. Şunda baliqlar kulbali qayiqdagi törga tuşavergan. Bu an'anaviy usul Indoneziyada baliq tutişda ança ommalaşgan.

Suzuvçi kulba qirğoqdan 125 km uzoqlikda joylaşgan. Yigitçaga haftada bir marta suv, oziq-ovqat olib kelib turişgan va yangi tutilgan baliqlarni olib ketişgan. Odatda bunday kulbalar oddiy arqon bilan mustahkamlangan. 

Joriy yilning iyul oyi örtalarida kuçli şamol qayiqni bola bilan qöşib juda uzoqqa olib ketadi. Adilangda yeb-içiş uçun oziq-ovqat zaxirasi kam qolgan edi. U biror bir kema uni körib qolişi va qutqarişlaridan umidini uzmadi. 

Yigitça baliq tutdi, kulba bunyod bölgan yoğoçlardan olov yoqib, baliqlarni pişirdi. Dengiz suvini tuzi kamroq bölişi uçun kiyimlari orqali sizdirib içdi.

Şunday qilib oradan xavfli sarguzaştning 49 kuni ötdi. Bu orada uning yonidan 10 ta kema suzib ötdi, ammo heç kim unga e'tibor qaratmadi. Oxir-oqibat Panama bayroği ostida suzib yurgan kema uni öz bortiga çiqardi.

Kema kapitani Guamning qirğoq qöriqlov xizmati bilan boğlandi va bölgan voqeani sözlab berdi. Oxiri şunday qarorga kelindi: kema Yaponiya tomon yönalişini özgartirgaç, yigitning vatanidagi konsullikdan vakil kelib, uni olib ketadigan böldi. Aldi uyiga 8 sentabrda qaytdi. Ayni damda u özini yaxşi his qilmoqda.