Kun.uz tahririyatiga murojaatlar kelişda davom etmoqda. Ayni vaqtda majburiy mehnat bilan boğliq masalalar yuzasidan murojaatlar köpaygan. Avvalo, majburiy mehnat nima degan savolni körib çiqamiz.
Majburiy mehnat qaysi qonunlar bilan tartibga solinadi?
Qonunda belgilangan holatlardan taşqari barça körinişdagi mehnat qilişga majbur qiliş jarayoni majburiy mehnat sifatida qaraladi. Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida «Har bir şaxs mehnat qiliş, erkin kasb tanlaş, adolatli mehnat şaroitlarida işlaş va qonunda körsatilgan tartibda işsizlikdan himoyalaniş huquqiga ega»ligi belgilangan.
Şuningdek, Mehnat kodeksining 7-moddasiga binoan, biror-bir jazoni qöllaş bilan tahdid qiliş orqali (şu jumladan, mehnat intizomini saqlaş vositasi tariqasida) iş bajariş tuşuniladi.
Bundan taşqari, «Aholini iş bilan ta'minlaş töğrisida»gi qonunning 2-moddasida şunday deyiladi: «Majburiy mehnat, ya'ni biron-bir jazoni qöllaş bilan tahdid qiliş orqali iş bajarişga majburlaş taqiqlanadi, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno».
Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni ötaş tartibidan yoki qonunda körsatilgan boşqa hollardan taşqari majburiy mehnat taqiqlanadi. Yana harbiy yoki muqobil xizmat töğrisidagi qonunlar asosida va favqulodda holat yuz bergan şaroitlarda mehnat qiliş ham majburiy mehnat hisoblanmaydi.
Şunça qonun va qonunosti hujjatlar bölişiga qaramasdan joylarda noqonuniy mehnat qilişga majbur qiliş holatlari uçrab turibdi. Bu holat turli körinişlarda röy bermoqda.
Nega fuqarolarimiz huquqlarini talab qilişdan qörqadi?
Tadbirkorlar sektor rahbarlari tomonidan tazyiqqa olinadi, u öz navbatida iş beruvçi sifatida işdan haydaş şarti bilan qörqitib, oddiy işçini «öz ixtiyori» bilan mehnat qilişga majbur qiladi, paxta yiğim-terimiga özi pul beradi yoki paxta terimi uçun ulardan ma'lum bir miqdorda pul yiğadi, bozorlarda nazoratçilar tomonidan sotuvçilardan joyini olib qöyiş bilan qörqitib majburiy mehnat uçun pul yiğiladi, maktab, kollejlarda öqituvçi va öquvçilardan yiğiladigan majburiy yiğimlar, talabalarni paxtaga çiqariş holatlari va hokazolar.
Murojaatlarni örganiş uçun ba'zan özimiz çiqamiz, ba'zan tegişli taşkilotlardan nazoratga olişni söraymiz. Şunday vaqtlarda murojaatçilarning aksariyati özi bergan ma'lumotga izoh berişdan qörqişadi. Andişalilik, uyatçanlik va ozroq qörqoqlik sabab muammoni yoritişga kelganda köp hollarda çekinamiz. Misol uçun, tumanlardagi sektor rahbarlari tomonidan majburiy mehnatga jalb qilinayotgan tadbirkorlarni olaylik.









