Vazirlar Mahkamasining “Yöl harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarşi kuraşiş samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan jismoniy va yuridik şaxslarning avtotransport vositalariga örnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari töğrisidagi videoyozuvlarni qabul qiliş, körib çiqiş hamda ularni taqdim etgan şaxslarni rağbatlantiriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi va 2019 yil 1 iyuldan boşlab amalga kiritiladi.

Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 iyulga qadar:

jismoniy va yuridik şaxslarning avtotransport vositalariga örnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari töğrisidagi videoyozuvlarni töplovçi markazlaştirilgan tizim işga tuşirilişini;

markazlaştirilgan tizimga kelib tuşayotgan videoyozuvlar böyiça tizimli monitoring yuritiş va protsessual harakatlarni amalga oşiriş uçun uşbu tizimni Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmatining “Ma'muriy amaliyot” kompleks avtomatlaştirilgan axborot tizimiga integratsiya qilinişini ta'minlaydi.

Videoregistratorlar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş böyiça çora-tadbirlar 2017 yilda nihoyasiga yetgan hamda mahalliy korxonalar tomonidan videoregistratorlarni içki bozorga yetkazib beriş imkoniyati mavjud ekani qayd etiladi.

Belgilab qöyilişiça:

a) 2019 yil 1 iyuldan boşlab:

jismoniy va yuridik şaxslarning avtotransport vositalariga örnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari aks etgan videoyozuvlar maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş texnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar holatlari qayd etilgan videoyozuvlarga tenglaştiriladi hamda Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksida belgilangan tartibda körib çiqiladi;

taşkiliy-huquqiy şaklidan qat'i nazar jamoat transporti va yölovçi taşiş faoliyati bilan şuğullanuvçi yuridik şaxslar uçun avtotransport vositalariga videoregistratorlar örnatiş böyiça majburiy tartib joriy etiladi;

huquqbuzarlik holatlari töğrisidagi videoyozuvlarni yuborgan şaxslar huquqbuzardan undirilgan jarima hisobidan eng kam oylik iş haqining beş foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rağbatlantiriladi;