«Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimi portalida joylashtirilgan.
 
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 19.07.2018 yildagi PF–5484-son Farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energetikasini rivojlantirish agentligi («O‘zatom» agentligi) tashkil etilgan. Hujjat sharhi bilan bu yerda tanishing. Hujjatga muvofiq muhokamaga qo‘yilgan qonun loyihasi 1 oktabrgacha Qonunchilik palatasiga kiritilishi kerak.      
 
Norma taqdim etilgan hujjatdagi eng muhim jihatlarni ajratib ko‘rsatdi.
 
Yadro materiallari, qurilmalari va saqlash punktlari – oborot qobiliyati cheklangan obektlar. Ularning mulkdori yo davlat, yoxud Prezident tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatdagi yuridik shaxs bo‘ladi. Yadro materiallariga bo‘lgan mulk huquqini faqat davlat rahbari bilan kelishuvga ko‘ra xorijiy davlat yoki kompaniyaga berish mumkin. Qonunga zid keluvchi har qanday bitim arzimas sanaladi.   
 
Atom energetikasini tartibga solish sohasidagi vakolat chegaralanadi. Qonun loyihasida Prezident, Vazirlar Mahkamasi, «O‘zatom» agentligi va davlat boshqaruvi organlarining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi vakolatlari keltirilgan. Masalan, davlat rahbari mulkida yadro materiallari va qurilmalari bo‘lishiga ruxsat etilgan tashkilotlar ro‘yxatini tasdiqlash bilan bir qatorda: yadro qurilmalari va saqlash punktlarini joylashtirish joyi; ularni loyihalash, barpo etish va foydalanish; mamlakatga yangi yadro yoqilg‘isini olib kirish va ishlatilganini olib chiqish va h.k. to‘g‘risidagi strategik qarorlarni ham qabul qiladi.
 
Hukumatga jarayonning barcha ishtirokchilarini muvofiqlashtiruvchi bog‘lovchi bo‘g‘in vazifasi yuklatilgan. «O‘zatom» agentligi – atom energetikasi sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi ko‘proq amaliy tusdagi vazifalarni hal qiladi. Boshqa davlat organlari unga bog‘liq bo‘lgan funksiyalarni (ekspertizadan o‘tkazish, obektlarni fizik jihatdan himoya qilish, ekologiyani muhofaza qilish, avariyalarning oqibatlarini tugatish va h.k.) bajaradilar.
 
Sohani davlat tomonidan tartibga solish yadro obektlarini litsenziyalash, davlat tomonidan nazorat qilish, texnik tartibga solish, xavfsizligini vaqti-vaqti bilan baholash va soha xodimlariga qo‘yiladigan alohida talablarda aks etadi.