MDH Terrorçilikka qarşi markazi (TQM) rahbari, politsiya general-polkovnigi Andrey Novikovning ma'lum qilişiça, MDHning qariyb 10 ming fuqarosi ekstremistik va terroristik xarakterdagi jinoyatlar uçun xalqaro qidiruvga berilgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
Uning ta'kidlaşiça, şunday miqdordagi MDH fuqarolari sentabr oyi holatiga köra qidiruvda bölib turibdi.
«MDH mamlakatlarining 9 mingdan ortiq fuqarolari. Taxminan 5 ming nafari - bu yollanma şaxslar, ya'ni uçinçi mamlakatlar hududida noqonuniy qurolli tuzilmalar hamda xalqaro terrorçilik taşkilotlari tarkibida jangovar harakatlarda iştirok etganlar», - dedi Novikov.
Uning qayd etişiça, TQM terroristik va ekstremistik jinoyatlarda gumon qilingan şaxslarni davlatlararo qidiruv işlarida MDHga a'zo, manfaatdor mamlakatlarga doimo yordam berib keladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq IŞID Markaziy Osiyoda tayanç nuqtasi taşkil etişga harakat qilayotgani aytilgandi.

















