Poytaxt hokimiyati tomonidan taşqi yoritiş elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxşilaş dasturi işlab çiqildi. Hujjat loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.
 
Norma’ning yozişiça, biror-bir taşkilotning balansida hisobda turmagan köçalarni yoritiş obektlari röyxati tuzildi. Şahar böyiça 7 147 ta yoritiş uskunasi va 289,5 km tarmoq şundaylar sirasidan ekanligi ma'lum böldi.
 
Egasiz obektlar 2018–2019 yillar mobaynida tiklanişi hamda ulardan lozim darajada foydalanilişini va saqlanişini ta'minlaydigan «Toşşaharnur» DUK balansiga ötkazilişi taklif etilmoqda. Işlarning belgilangan qiymati – 16 766,3 mln söm.
 
Bundan taşqari, 2018–2022 yillar mobaynida 1 693,1 km lik taşqi yoritiş havo elektr liniyalarini özini tutib turuvçi izolyatsiyalangan simlarga almaştiriş taklif etilmoqda. Mazkur loyiha qiymati 44 650,1 mln sömni taşkil qiladi (möljaldagi buyurtmaçi – «Toşşaharnur» DUK).
 
Loyiha özgartirilişi, unga qöşimça kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.