Özbekiston Respublikasida advokatlar sudya sifatida faoliyat olib boriş huquqiga ega böladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ön oltinçi yalpi majlisida senatorlar ma'qullagan «Yuridik yordam va huquqiy xizmatlar körsatiş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonunga köra, endilikda advokatlar xalqaro tijorat arbitraj va hakamlik sudlarida sudya lavozimida faoliyat yuritiş huquqiga ega böladi. 
Qonun bilan advokatlarga mediator sifatida, şartnoma asosida muassasalarning yuridik xizmatida faoliyat yuritiş huquqi berilmoqda. 

Bundan taşqari majlisda «Yuridik yordam va huquqiy xizmatlar körsatiş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonunini körib çiqildi. 

«Notariat töğrisida»gi qonunga kiritilgan özgartiş va qöşimçalarga muvofiq, yigirma beş yoşdan kiçik bölmagan, oliy yuridik ma'lumotga, yuridik mutaxassislik böyiça kamida uç yillik iş stajiga ega bölgan, şu jumladan, notarial idorada kamida bir yil stajirovka ötagan, malaka imtihonini topşirgan Özbekiston Respublikasi fuqarosi notarius bölişi mumkin. 

Sudyalik lavozimida kamida beş yil işlagan yoki notarius yordamçisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qiliş va uşbu faoliyatni nazorat qiliş bilan boğliq lavozimlarda kamida uç yil işlagan şaxslar uçun stajirovkadan ötiş talab qilinmaydi.