Rossiyadagi The Insider naşri va Bellingcat tadqiqot guruhi Solsberida Sergey Skripal hamda uning qizi Yuliya Skripalni zaharlaşda gumonlanuvçi bölgan «Ruslan Boşirov» aslida Anatoliy Çepiga ekanini aniqladi. Bu haqda naşrlar tadqiqotlarining uçinçi qismida keltirilgan.

The Insider naşri qayd etişiça, surati «Rossiyskiy pasport» tizimida topilgan, 1979 yilning 5 aprelida tuğilgan Anatoliy Çepiga — Ruslan Boşirov sifatida körsatilgan şaxsdir.

Foto: The Insider

Tadqiqotlarda aniqlanişiça, Çepiga Amur oblastida tuğilgan. U Uzoq şarq oliy harbiy qömondonlik bilim yurtini tamomlab, GRU (boş razvedka boşqarmasi)ning 14-maxsus topşiriqli brigadasiga xizmatga kirgan. Çepiga 3 marta Çeçenistonda bölgan va polkovnik darajasiga erişgan. Uning bölimi ikkinçi çeçen uruşida muhim vazifalarni bajargan.

Foto: The Insider

U 2014 yilning dekabrida Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin tomonidan tinçlikparvar missiyalardagi iştiroki uçun «Geroy Rossii» unvoni bilan taqdirlangan. The Insider talqiniga köra, tinçlikparvar missiya deb Ukrainadagi harbiy harakatlar nazarda tutilgan bölişi mumkin.

Boşirovning şaxsini aniqlaşda GRU uçun xodimlar yetkazib beriladigan eng yaxşi öquv yurti sifatida ta'riflanadigan DVOKU (U Uzoq şarq oliy harbiy qömondonlik bilim yurti)ning 2001-2003 yillardagi bitiruvçilari ma'lumotlari sinçiklab örganilgan.

Foto: The Insider

Bundan avvalroq The Insider va Bellingcat tekşiruvlarning ikkinçi qismini e'lon qilişgan, unda Petrov va Boşirovning pasport raqamlari GRU xodimlariniki bilan öxşaşligi keltirilgandi. Tadqiqotlarning birinçi qismida esa Boşirov va Petrov Rossiya maxsus xizmatlari vakillari ekaniga dalillar keltirilgandi. 

Boşirov va Petrov Rossiya maxsus xizmatlariga aloqadorliklarini tan olişmagan. Russia Today uçun berilgan intervyuda ular mart oyi boşida çindan ham Solsberiga borişganini, lekin bundan maqsad diqqatga sazovor joylarni ziyorat qiliş ekanini ma'lum qilişgandi. Şu bilan birga ular Skripallar uyi oldidan ötgan bölişlari mumkinligini istisno etişmagandi. Buyuk Britaniya Taşqi işlar vazirligi esa bu intervyuni «yolğonlar va xato javoblardan iborat intervyu» deb atagandi.