Daniyalik 22 yaşar biolog Nils Jyensen va uning dösti Avstraliyadagi yovvoiy tabiat bağrida qurilgan xiyobonga sayohat qilişdi. Va u yerda bahaybat timsoh bilan hayot uçun öta xavfli tryuk qilişdi, deb xabar bermoqda The Sun.
Sayyoh 4,7 metr keladigan timsohni vallabi (kengurular oilasiga kiruvçi unça katta bölmagan jonzot) göşti bilan siyladi. Yirtqiç göştni paqqos tuşirayotgan vaqt, Nils uning yelkasiga ötirib oldi.
Biologning aytişiça, bu juda qiziqarli, şu bilan birga, juda xavfli ham bölgan.
“Men özim uçun yangi bölgan turlar bilan tanişini yaxşi köraman. Menga timsoh yoniga yaqinlaşiş imkoniyati paydo bölsa, bu işni amalga oşirişga majburman. Köpçilik meni telba ham deb ataydi”, — dedi u.
Biolog yovvoiy tabiat bağrida tuşgan surat va videolarini tez-tez ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilib turadi. Uni hatto “daniyalik Timsoh Dandi” deb ham ataşadi.
Avstraliya hukumati sayyohning bu işini qoraladi. “Videoda körsatilgan xatti-harakat xavfli va şafqatsiz. Biz timsohlarga nisbatan bunday munosabatni oqlamaymiz”, — dedi mamlakat yovvoiy tabiatni muhofaza qiliş bölimi direktori vazifasini vaqtinça bajaruvçi Treysi Duldig.












