Xitoy sudi umumiy oğirligi 100 tonnani taşkil etadigan yuzlab tirik timsohlarni kimoşdi savdolari orqali sotuvga çiqardi. Lotning boşlanğiç narxi — 4 million yuan (550 ming dollar), deb xabar beradi South China Morning Post.

Şenjen xalq sudi yuzlab timsohlarni onlayn auksion doirasida sotuvga çiqarib, jamoatçilik e’tiboriga tuşdi. Savdolar taşkilotçisi — Alibaba kompaniyasi.

Ma’lumotlarga köra, uşbu reptiliyalar avvaliga 2005 yilda Mo Tszyunrong tomonidan asos solingan Guangdong Hongyi Crocodile Industry Company kompaniyasiga tegişli bölgan. Ammo kompaniya özining moliyaviy majburiyatlarini bajarmaganidan keyin jonzotlar musodara qilingan.

Auksion saytida keltirilişiça, potensial xaridorlar sun’iy suv havzasiga ega bölişi va jonzotlar yaşaşi uçun kerakli şaroitni yaratib bera olişi lozim. Bundan taşqari, qimmatbaho xaridni amalga oşirgan tomon logistika böyiça barça xarajatlarni, jumladan, timsohlarni tortiş, transport vositasiga ortiş, şuningdek, taşiş uçun uçun ketadigan mablağlarni qoplaşi kerak.

Agar xaridor yuqoridagi talablarning birortasini bajarmasa, sud 300 ming yuan (41 ming dollar) miqdorida jarima belgilaydi.

Xitoyda timsohlar yuqori daromad keltiradigan jonzotlar hisoblanadi, çunki ulardan 100 dan ortiq mahsulot işlab çiqarişda foydalaniladi. Mamlakatda timsohlar terisi, göşti uçun köpaytiriladi, şuningdek, ularga kosmetika va hatto vino işlab çiqarişda ham talab yuqori. Sotuvga qöyilgan sudralib yuruvçilar — siam timsohlari bölib, ular Xitoyda tijoriy maqsadlarda foydalanişga ruxsat berilgan yovvoyi hayvonlar röyxatiga kiritilgan. Siam timsohlarining odatdagi oğirligi 200 dan 500 kilogrammgaça böladi, şuning uçun 100 tonna oğirlikdagi timsohlar soni taxminan 200 dan 500 donagaça bölişi mumkin.

Hozirga qadar onlayn auksiondagi e’lonni 4 mingdan ortiq kişi körgan, ammo ularning heç biri iştirok uçun röyxatdan ötmagan. Ta’kidlanişiça, bu sudning timsohlarni auksion orqali sotişga bölgan birinçi urinişi emas. 2025 yilning yanvar va fevral oylarida sud mos ravişda 5 million va 4 million yuanlik boşlanğiç narx bilan ikki marta auksion taşkil etgan, biroq har ikkisi ham muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan.