Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi binosida “Tomorqa – daromad manbai” nomli öquv-uslubiy qöllanmasining taqdimoti bölib ötdi.

Özbekiston yoş fermerlari kengaşi, Yoşlar ittifoqi hamda Toşkent davlat agrar universitetining professor öqituvçilari hamkorligida tayyorlangan uşbu öquv-uslubiy qöllanma respublikadagi barça yoş fermer, dehqon xöjaligi va tomorqa yer egalari foydalanişi uçun möljallangan.

Foto: Özbekiston yoş fermerlari kengaşi matbuot xizmati

Qöllanma sabzavot ekinlarini ekiş va parvarişlaş, poliz ekinlari, issiqxonalar quriş va ulardan foydalaniş, don  va dukkakli ekinlar, moyli va yem-xaşak ekinlari, sitrus va mevali daraxtlar, gullarni ekiş va parvarişlaş, tomorqaçilik sirlari kabi bölimlarni öz içiga olgan.

Ahamiyatli jihati, qöllanmada qizil qalampir, soya, yeryonğoq kabi bugungi kunda köp yetiştirilayotgan ekinlar şuningdek, uy şaroitida asalari yetiştiriş, Afrika laqqa baliğini parvarişlaş, sesarkalarni köpaytiriş texnologiyalari ham körsatib ötilgan. 

Kitob Özbekiston yoşlar ittifoqi mablaği asosida 15 000 nusxada çop etildi. 

U respublikada dehqonçilik madaniyatini yanada oşirişga xizmat qilişi va bu jarayonda yoş fermerlarni taşabbuskorlikka çorlaşi kerak, deydi Özbekiston yoş fermerlari kengaşi raisi Soatmurod Qulmirzayev.

Qöllanma respublikadagi 30 yoşgaça bölgan barça yoş fermer, dehqon xöjaligi  va tomorqa yer egalari tomonidan foydalaniş uçun bepul yetkazib beriladi.