Adliya vazirligi mahalliy kengaşlar deputatlari uçun amaliy tavsiyalar işlab çiqdi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berilgan.
Bildirilişiça, joriy yil söngida Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga hamda mahalliy kengaşlarga saylovlar bölib ötadi.
Bugungi kunda deputatlar işini samarali taşkil etiş, mahalliy kengaşlar faoliyatini jonlantiriş kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bölib turgani aytiladi.
Hozirda deputatlarning asosiy vazifasi öz-özini taşkillaştiriş va boşqariş emas, fuqarolarga davlat tomonidan körsatiladigan ijtimoiy xizmatlarning joylarda amalga oşirilişini ta'minlaşdan iborat bölib qolmoqda.
“Deputatlarimiz faoliyatidan xalq va Prezident rozi bölişi lozimligi, endilikda ulardan faollaşuv va dadillik talab qilinayotgani sir emas.
Davlatimiz rahbari 2018 yil yakunlariga bağişlab Parlamentga qilgan murojaatida vakillik organlari faoliyatiga alohida töxtalib ötdi. Xususan, uşbu organlar işiga doir qator tanqidiy fikrlarni bildirdi.
“Hisobotlarga e'tibor bersak, mahalliy Kengaşlar faoliyatida göyoki ijobiy özgarişlar yuz berayotgandek tuyuladi, lekin ular faqat raqamlarda aks etmoqda, xolos. Bizga raqamlar emas, aniq natija kerak.”
Yuqoridagilarni e'tiborga olib Adliya vazirligi tomonidan “Mahalliy kengaşlar deputatlari uçun amaliy qöllanma” işlab çiqildi va çop etildi”, - deyiladi xabarda.
Qöllanmada deputatlikning huquqiy asoslari, Kengaşlar faoliyatning reglamentlari, şuningdek, mavjud huquq va imkoniyatlardan samarali foydalaniş böyiça amaliy tavsiyalar örin olgan.
Şuningdek, mavjud muammolar qayd etilib, ularni bartaraf etiş uçun amaliy takliflar ham bayon qilingan.

















