AQŞ prezidenti Donald Tramp va Ukraina yetakçisi Pyotr Poroşenkoning bir xil kostyumdagi surati ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilarining kulgisiga sabab böldi.
Ukraina prezidentining matbuot kotibi Stanislav Tsegolko tvitterda Poroşenko va Trampning ikki mamlakat birinçi xonimlari bilan tuşgan suratini joylaştirdi. Şu bilan birga, prezidentlar bir-biriga juda öxşab ketgan: qora pidjaklar, oq köylaklar va qizil böyinboğlar. Tsegolkoning ta'kidlaşiça, «hatto dress-kod ham strategik hamkorlarning pozitsiyasini ifodalaydi».
«Aftidan, Pyotr va Tramp bitta dökondan kiyim xarid qilişgan», - deya qayd etgan foydalanuvçi Viktor Ostafeyçuk.
«Men bitta garderobdan dreff-kod, degan bölardim. Bu ikkisidan qaysi biri eski kiyimda ekanini esa, Trampning yuzidan bilib oliş mumkin», - deb yozgan Yuriy Getalov.
Şuningdek, foydalanuvçilar Poroşenkoga AQŞ prezidenti bilan surat qançaga tuşgan bölişi mumkinligi borasida taxmin qilişgan. Bundan taşqari, suratga qoldirilgan izohlarda u montajga öxşab ketayotgani, uning asl nusxasida esa Tramp Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes bilan birga turgani tasvirlangani haqida fikrlar bildirilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Lavrov eşikni adaştirib yuborgan Poroşenkoning ustidan kulgandi.













