Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TALKO O‘zbekistonga ko‘mir yetkazib berishni boshladi
Tojikiston alyuminiy kompaniyasining sho‘'ba korxonasi - «TALKO Resurs» O‘zbekistonga ko‘mir eksport qilishni boshladi. 1 sentabrga qadar u taxminan 1,2 ming tonna yoqilg‘i yetkazib berishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda «Aziya-Plyus» Tojikiston Sanoat va yangi texnologiyalar vazirligi matbuot xizmatiga tayangan holda xabar qilmoqda.
TALKO korxonasi tomonidan ko‘mir yetkazib berilishi joriy yilning avgustida Toshkentda BLUE BELL GLOBAL VENTURE MChJ XK kompaniyasi bilan erishilgan shartnomalar doirasida amalga oshirilmoqda.
O‘shanda «TALKO Resurs» MChJ va BLUE BELL GLOBAL VENTURE MChJ O‘zbekistonga qiymati 1 mln dollarlik 37,3 ming tonna ko‘mir yetkazib berish to‘g‘risida kelishib oldi.
2013 yilda «TALKO Resurs» Tojikiston hukumati tomonidan taqdim etilgan «Konte» va «Jijikrud» uchastkalaridagi, Ayniy tumanida joylashgan «Fon Yagnob» konidan ko‘mir qazib olishni boshladi.
Joriy yil boshidan 1 sentabrga qadar Tojikistonda ko‘mir qazib olish hajmi 1 mln tonnadan ortiqni tashkil etdi, ulardan taxminan 14 foizi «TALKO Resurs» hissasiga to‘g‘ri keladi.
Tojikistonda «TALKO Resurs» «TALKO» DUK, «Dushanbe-2» IES, Yavancha sement zavodi, Dushanbe sement zavodi va boshqa korxonalarni ko‘mir bilan ta'minlaydi.
Mavzuga oid
20:02 / 26.05.2026
1 iyundan ko‘mir narxini davlat tomonidan belgilash amaliyoti bekor qilinadi
20:10 / 25.05.2026
O‘zbekiston Qirg‘iziston ko‘mirining asosiy xaridori bo‘lib qolmoqda
12:04 / 23.05.2026
Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida kamida 90 kishi halok bo‘ldi
08:31 / 30.03.2026