Senatning ön oltinçi yalpi majlisida senatorlar Buxoro viloyatining Ğijduvon tumanidagi «Zafarobod» qörğonini Navoiy viloyatining Konimex tumani hududiga qöşib beriş taşabbusini ma'qulladi. Bu haqda «Kun.uz» muxbiri xabar bermoqda.

«Navoiy viloyatining Konimex tumani va Buxoro viloyatining Ğijduvon tumani çegaralarini özgartiriş töğrisidagi masalaning hal etilişi ham mazkur hududlar uçun Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarni, şuningdek, hududlarning öziga xos xususiyatlaridan kelib çiqib, tasdiqlanadigan mahalliy dasturlarni töliq va samarali röyobga çiqarilişiga xizmat qiladi», deydi Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi a'zosi Sayyora Baratova.

Ma'lum qilinişiça, «Zafarobod» qörğonida ayni paytda 6 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Qörğonda 31ta köp qavatli uy, bitta maktabgaça ta'lim muassasasi, 2ta umumta'lim maktabi, bitta tibbiyot muassasasi va boşqa qator taşkilotlar işlab turibdi. «Zafarobod» qörğonidan Ğijduvon tumani markazigaça bölgan masofa 80 kilometrni taşkil qiladi. Bu esa, aholining tez tibbiy yordam va ma'muriy idoralar xizmatidan foydalaniş, ijtimoiy-maişiy ehtiyojlarini qondirişida noqulaylik tuğdirmoqda. Misol uçun, zafarobodlik kişi davlat xizmatlaridan foydalaniş uçun Ğijduvon tumani markazigaça kamida 80 km masofani bosib ötişi kerak. Bunga qariyb 2 soat vaqt ketadi.

Qörğonda Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qaraşli RU-5 korxonasi mavjud bölib, uşbu korxonada hudud aholisining salkam yarmi mehnat qiladi. Senatorlarning 80 nafari uşbu masalada yakdil qarorga kelib, taşabbusni qöllab-quvvatlaşdi.