Jahon | 13:28 / 28.09.2018
17092
1 daqiqa o‘qiladi

«Novichok» effekti: Mogerini rossiyalik diplomat taklif qilgan qahvani rad etdi

Foto: Videodan kadr

Yevropa ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Federiko Mogerini Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvda rossiyalik diplomat tomonidan taklif etilgan qahvani rad etdi. Bu haqda Gruziyaning «Birinchi kanal»i xabar bermoqda.

Hodisa videosi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tarqatildi. Kadrlardan ko‘rish mumkinki, Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya Federiko Mogeriniga qahva taklif qilgan, u esa bunga qat'iy rad javobi bergan.

Hodisa Yevropa ittifoqi Rossiyani Sergey Skripalni zaharlashda ayblab chiqqan vaziyat fonida yuz berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml GRU polkovnigi Chepiga haqidagi surishtiruvga o‘z munosabatini bildirgandi.

Mavzuga oid