Qöşni qişloqda yaşaydigan tanişi Botirning Amerikaga işlagani ketayotganligini eşitib, Salimning oromi yöqoldi. U Botir bilan Samarqand şahrida uçraşib, undan öğlini Amerikaga yuborişda yordam söradi.

Botir Salimga öğlini Amerikaga yuboriş uçun “GREEN CARD” yutuği çiqqan qiz topib berişini, öşa qizga farzandini uylantirsa, uning eri sifatida Amerikaga borişi mumkinligini aytdi, buning evaziga esa u Salimdan 7.000 AQŞ dollari miqdorida pul söradi. Salim köndi.

Rejasi “silliq” ketayotganligidan xursand bölgan Botir tanişi Akromga qönğiroq qilib “GREEN CARD”  yutuği çiqqan qizlarning manzilini sörab bilgan böldi. Bir neça kun ötgaç esa Salim bilan birga Akrom aytgan joyga, Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz tumanida yaşovçi bir qiznikiga borişdi. U yerdan yutuq çiqqan qiz topilmagaç, xunob bölib, navbatdagi Akrom aytgan manzilga, Samarqand viloyati Payariq tumanida yaşaydigan Sevdora Törayevanikiga borişdi. Botirning hiylalariga laqqa tuşgan Salim şu qizga rostdan ham yutuq çiqqan yo çiqmaganligi bilan qiziqib körişni uyat hisobladi. U öşa qizga öğlini uylantirdi qöydi. Aslida, hammasi ana şundan boşlandi...

Botir Sevdoraning nomiga ingliz tilida rasmiylaştirilgan hujjatlarni Salimning qöliga tutqazib, evaziga undan jami 1.850 AQŞ dollari va 10.900.000 söm oldi-yu juftakni rostladi.  

Salim esa yaxşi niyatlarda kelini va öğlini Amerikaga yuboriş uçun Botir aytgan barça hujjatlarni tayyorladi. Biroq negadir Botir endi Salimning tinimsiz qönğiroqlariga javob bermay, uyiga ham kelmay qöygandi. Bundan Salimning içiga ğulğula tuşdi. U Samarqand şahriga borib, “GREEN CARD” öynatadigan ofis xodimlariga Botir bergan hujjatni körsatdi. U yerdagi xodimlar hujjatning soxta ekanligini  aytişganida esa Salimning boşidan bir çelak sovuq suv quyilgandek böldi.  Darğazab bölgan Salim bu işlarga aloqasi bölişi mukinligini taxmin qilib, kelinini siquvga oldi. Biroq heç narsadan xabari yöq, öğli bilan baxtli yaşab kelayotgan kelinining aybsizligini bilgaç, Salim Botir va uning şerigi Akromni firibgarlikda ayblab sudga berdi.

Sud Botir va Akrom özlaştirgan pullarni öz egasiga qaytardi va aybdorlarga nisbatan tegişli jazo tayinladi.