Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekkonsert» jonli ijroda kuylagan qator xonandalarga litsenziya berdi
«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi qoshidagi Milliy estrada san'atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kengash yig‘ilishida Qozog‘iston Respublikasi madaniyat va sport vazirligi «Kontsert tomosha o‘tkazish departamenti» vakillari ham ishtirok etishdi. Mehmonlar «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi faoliyatini yaqindan o‘rganishdi, san'atkorlarga litsenziya berish, konsert-tomosha uyushtirish uchun bir martalik ruxsatnoma olish tartibini o‘rganishdi va o‘zaro tajriba almashishdi.
Kengash yig‘ilishida jami 13 nafar lisenziatning ijod namunalari ko‘rib chiqildi. Ular o‘zlari tomonidan tayyorlangan ijod namunalarini jonli ijroda kengash yig‘ilishida ijro etishdi. Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi xulosasidan kelib chiqib, badiiy jihatdan puxta qo‘shiqlar ijrochilariga litsenziya berildi.

E'tiborli jihati, lisenziatlar orasida 70 yoshli sozanda Gerat Isanbayev ham qatnashdi va unga kengash a'zolari tomonidan imtiyozli litsenziya berildi.

Ma'lumot o‘rnida: oldin muassasaga xonandalar o‘z qo‘shiqlarini diskka yozdirib, qo‘shiq matnlarini ilova qilgan bo‘lsalar, endilikda esa xonandalar «O‘zbekkonsert»ga kelib o‘z ijod namunalarini ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar tarkibidan iborat guruhga jonli ijroda kuylash orqali litsenziya olishadi.
Mavzuga oid
11:13 / 17.11.2025
YaTTlarning firma nomiga ega bo‘la bo‘lishiga ruxsat beriladi
17:25 / 27.10.2025
Qurilish qoidalarini buzgani uchun «Dream House Design» MChJning litsenziyasi bekor qilindi
09:03 / 16.10.2025
Ayrim xususiy klinikalar litsenziyasiz xizmatlar ko‘rsatayotgani aniqlandi
20:55 / 29.08.2025