Milliarder Roman Abramoviç şu yilning bahoridan beri Londonga kelmadi va hatto özining Britaniyadagi eng qimmat aktivi – “Çelsi” klubini sotişni rejalaştirgan. Abramoviç uni 3,9 mlrd dollarga sotmoqçi. 2,3 mlrd dollarlik taklifni esa u rad etdi, deb yozadi Bloomberg.

Tafsilotlar
Abramoviç 2018 yil bahoridan buyon Londonda körinmayapti – öşanda The Bell birinçi bölib biznesmen investitsion vizasini uzaytiriş borasida muammoga duç kelganini yozgandi. May oxirida Abramoviç Angliya Kubogi finalini ötkazib yuborişiga töğri keldi – öşanda uning klubi “Mançester Yunayted” ustidan 1:0 hisobida ğalaba qozongandi.
The Bell butun dunyodagi samolyotlar transponderlaridan ma'lumot yiğuvçi ADS-B Exchange ma'lumotlar bazasidan Abramoviçning Boeing 767 samolyoti Londonda oxirgi marta 1 aprelda bölganligini aniqladi.
Keyinroq Britaniya OAV Abramoviç viza oliş uçun bergan arizasini qaytarib olgani, buning örniga unga Buyuk Britaniyada vizasiz olti oy böliş imkonini beruvçi Isroil pasportini olgani haqida xabar qildi.
Britaniya vizasi bilan boğliq muammolar va Amerika sanksiyalari nişoniga tuşib qoliş xavfi milliarderni “Çelsi”ni sotiş haqida jiddiy öylaşga majbur qildi, deb yozadi Bloomberg. Abramoviç klubni töliq yoki qisman sotiş uçun Nyu-Yorkning Raine Group bankini maslahatçi sifatida yolladi. Naşr manbalarining bildirişiça, u klubni 2,3 mlrd dollarga sotiş haqidagi taklifni rad etgan.
Abramoviçga “Çelsi”dan ayriliş qiyin böladi, deb yozadi Bloomberg uni yaqindan bilgan manbalarga tayanib. U jamoaga qattiq boğlanib qolgan. «Uning uyida va yaxtasida deyarli har bir burçakda futbol öyini namoyiş etilayotgan teleekranlarga közingiz tuşadi», — degan uning yaqin tanişlaridan biri.
Biznesmen 2003 yilda Britaniya klubiga 220 mln dollardan ortiq sarmoya kiritgan va öşandan buyon klub uçun 1,4 mlrd dollardan ortiq pul sarfladi. Klubning zararga işlaşi Abramoviçni taşvişlantirmagan. “Çelsi” faqat bir marta – 2014 yilda daromad topgan.
Biznesmen klubga nafaqat köp pul sarflagan, balki uni faol boşqargan ham. U transferlar böyiça qaror qabul qilgan va bölajak murabbiylar bilan şaxsan özi suhbatlaşgan. Iyulda Abramoviç Antonio Konte örniga Mauritsio Sarrini murabbiylikka qöydi. U “Çelsi”ning 15 yil içidagi 11-murabbiyi böldi.












