Buxoro viloyatining beqiyos turistik imkoniyatlaridan samarali foydalanişga tösiq bölayotgan holatlar mavjud. Bu haqda Buxoro viloyati hokimi Öktam Barnoyev Senatning ön oltinçi yalpi majlisida hisobot berdi.
Kun.uz muxbiri ma'lumotiga köra, hokim «Özbekiston havo yöllari» MAK tomonidan hatto turistik mavsum paytida ham Buxoroga haftasiga bor-yöği 4 marta töğridan-töğri aviaqatnov yölga qöyilganini ta'kidlagan.
«Viloyat hokimligi va boşqa tuzilmalarning Buxoro xalqaro aeroporti imkoniyatlaridan töla va samarali foydalanişga qaratilgan taşabbuslari aviakompaniya ma'muriyati tomonidan e'tiborsiz qoldirilmoqda», deydi Barnoyev.
Öktam Barnoyevga köra, Turkiya Respublikasidagi aviakompaniyalar bilan hamkorlikni, xalqaro aeroport tomonidan tranzit xizmatini yanada keng yölga qöyiş böyiça xorijiy hamkorlarning roziligi bölsa-da, bu borada amaliy işlar «Özbekiston havo yöllari» MAK tomonidan zarur darajada qöllab-quvvatlanmayapti.
Bundan avval, ÖzA milliy aviakompaniya va turk aviakompaniyalari örtasida çipta narxlari katta tafovutda ekanini iddao qilgandi.
«Özbekiston havo yöllari» orasidagi bitimlar körsatiladigan xizmatlar va yoqilği 3-4 barobar qimmat bölgani uçun Toşkent-Istanbul, Toşkent-Antaliya yönalişlari qimmatlab ketadi», deyiladi agentlik xabarida.

















