MarketsWatch internet-portali sönggi xakerlik hujumi natijasida Facebook’dagi akkauntingiz buzib kirilganini qanday aniqlaş mumkinligi haqida ma'lumot berdi.

Naşrning ma'lumotlariga köra, agar Facebook sizning akkauntingizdan çiqib ketgan bölsa va siz login hamda maxfiy sözni qayta kiritişingiz kerak bölsa, katta ehtimol bilan, bu sahifani buzib kirişga harakat qilişgan.

Ta'kidlanişiça, ötgan oyda ijtimoiy tarmoqning taxminan 50 million foydalanuvçisi xakerlar hujumiga uçradi. Şu bilan birga, servis tomonidan yopilgan sahifalarning soni 90 million atrofida baholanmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Facebook sahifani egallab oliş imkonini beradigan kamçilik haqida ma'lum qilgandi.

Facebook muhandislari 50 million foydalanuvçining akkauntiga kiriş imkonini beradigan xavfsizlik kamçiligini topdilar. Kamçilik boşqa foydalanuvçilar nomidan öz sahifasini köriş funksiyasida aniqlandi.