Xususiy mehnat şartnomalari böyiça mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun xorijga ketayotgan, şuningdek xorijda mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan fuqarolarning ixtiyoriy röyxatdan ötiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga köra, fuqarolarning röyxatdan ötişlari ixtiyoriy hisoblanadi va elektron şaklda amalga oşiriladi.
Röyxatdan ötiş uçun fuqaro tomonidan Özbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik iş hakining bir barobari miqdorida tölov amalga oşiriladi.
Fuqaro Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining rasmiy veb-sayti orqali agentlik elektron bazasida röyxatdan ötadi.
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiruvçi fuqarolar tomonidan Moliya vazirligi huzuridagi Byudjyetdan taşqari pensiya jamğarmasiga eng kam iş haqining tört yarim baravari miqdorida yillik suğurta tölovlarini ixtiyoriy ravişda tölaş tartibi joriy etiladi, bunda tölovlar amalga oşirilgan davrlar belgilangan tartibda mehnat stajiga qöşiladi.
Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining elektron bazasida röyxatdan ötgan vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun xorijga ketayotgan fuqarolarga "Özbekiston temir yöllari" AJ tomonidan platskart va umumiy vagonlarga temir yöl çiptalariga hamda "Özbekiston havo yöllari" MAK tomonidan fuqarolar uçun ekonom klass aviaçiptalarining narxlariga 20 foiz çegirmalar taqdim etiladi.
Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining elektron bazasida röyxatdan ötgan vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun xorijga ketayotgan fuqarolarga "Aloqabank" AK tomonidan soddalaştirilgan oçiş şartlari, xizmat körsatiş uçun minimal vositaçilik haqi va "nol" summadagi kafolat depoziti bilan "VISA-migrant" bank plastik kartalari çiqariladi va xizmat körsatiladi, şuningdek yiliga bir marotaba bir martalik temir yöl va aviaçiptalar oliş uçun bölgan xarajatlar 2018-2019 yillarda 300 ming sömgaça miqdorda qisman qoplanadi.












