MDH davlatlari barça bojxona va savdo tösiqlarini bartaraf etişlari kerak, dedi Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Duşanbe şahrida MDH davlat rahbarlari kengaşi majlisida sözlagan nutqida.

«Özaro tovar ayirboşlaş hajmining yuqori darajadagi ösiş sur'atlarini ta'minlaş maqsadida bojxona tartib-taomillarini imkon qadar soddalaştiriş, savdo sohasidagi mavjud barça tösiq va çeklovlar, jumladan, texnik ğovlarga barham beriş lozim, deb hisoblaymiz», – dedi Özbekiston prezidenti.

Jahon iqtisodiyotidagi murakkab jarayonlar, "savdo uruşlari" keskinlaşib, proteksionizm kuçayib borayotgan bugungi şaroitda MDH erkin savdo zonasining tölaqonli faoliyat yuritişi va özaro bozorlarni şakllantiriş hal qiluvçi masalalarga aylanişi lozim, dedi u.

Qayd etilişiça, tariflar böyiça özaro imtiyozlar berişga doir yagona mexanizmni joriy etgan holda, xalqaro va mintaqaviy transport yölaklaridan samarali foydalaniş, barça turdagi transportlar bilan yuk taşişga oid talablarni birxillaştiriş va turli tösiqlarni bartaraf etiş, logistika markazlarini rivojlantirişga qaratilgan işlarni davom ettiriş muhimdir.

«Özaro mahsulot yetkazib berişda "yaşil yölaklar"ni keng joriy etiş qişloq xöjaligi sohasidagi samarali hamkorlikka xizmat qiladi. MDHning Agrosanoat kompleksi masalalari böyiça kengaşi va qişloq xöjaligi sohasidagi boşqa tuzilmalari faoliyatini faollaştiriş zarur, deb hisoblaymiz», – dedi Mirziyoyev.

Mirziyoyev MDHdagi hamkorlikning eng dolzarb va istiqbolli yönalişlarini ma'lum qildi