Ukraina taşqi işlar vaziri Pavel Klimkinning ma'lum qilişiça, Rossiya Qöşma Ştatlardagi BMT Boş assambleyasida yakkalatib qöyildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Uning sözlariga köra, bu Qrim rezolyutsiyasi böyiça ovoz beriş jarayonini «körsatib qöydi».

Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, BMT Boş assambleyasidagi vaziyat Ukraina butun dunyo tomonidan qöllab-quvvatlanayotganidan dalolat berdi.

Klimkinning ta'kidlaşiça, Boş assambleyada, xususan, Donbassdagi tinçlikparvarlik missiyasi muhokama qilingan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Poroşenko AQŞning kömagi Rossiyani tiyib turişda yordam berayotganini aytgandi.

Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Qöşma Ştatlar tomoni Ukraina qurolli kuçlarini rivojlantirişga katta hissa qöşgani haqida ma'lum qildi.