Nyu-Hempşirda yaşovçi Stiv Geddes AQŞ tarixidagi eng katta qovoqni östirdi: uning oğirligi 2528 funt, ya'ni 1146 kilogrammni taşkil qildi. Bu qovoq Geddesga Dirfild yarmarkasining birinçi mukofoti - 6 ming dollarni keltirdi.

Rekord qayd etgan qovoqlarni röyxatdan ötkazuvçi xalqaro taşkilot ma'lumotlariga köra, Geddes tomonidan yetiştirilgan sabzavot 2016 yilda belgiyalik Matias Vilemiyns yetiştirgan qovoqdan atigi 76 kilogarmmga yengil.














