Qozoğistonning Oqmöla oblasti Makinsk şahrida jahondagi eng katta kabobni tayyorlaş böyiça jahon rekordi örnatildi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz. Tadbir 28 sentabr kuni bölib ötgan.
Oblast hokimining örinbosari Marat Igali özining Facebook’dagi sahifasi orqali jahonning eng katta kabobi qanday tayyorlanayotganini namoyiş etib turgan. Mamlakat poytaxti Ostona şahridan 200 km uzoqlikda joylaşgan uşbu şaharda ulkan qöra örnatilgan.

Tadbir Makinskda mamlakatdagi eng yirik parrandaçilik fabrikasi oçilişiga bağişlangan. Ulkan kabobni tayyorlaşda ham uşbu korxonaning 200dan ziyod xodimi safarbar etilgan.

Qayd etib ötiş kerakki, taomni tayyorlaş uçun 400 kilogrammdan ziyod tovuq göşti işlatilgan. Natijada kabobning uzunligi 223 metru 65 santimetrga yetgan.

Natija Ginnesning rekordlar kitobi vakillari tomonidan qayd etilgan. Şundan söng töplangan tomoşabinlar kabob bilan siylangan.


Qayd etib ötiş lozimki, avvalgi natija Moskva ostonasidagi Taldom şahri vakillariga tegişli edi. Ötgan yilning avgustida ular uzunligi 210 metrga teng kabob tayyorlaşgandi. Uni tayyorlaş uçun 290 kg göşt ketgan. Ulkan kabobni 170 kişi pişirgan, qöraning uzunligi esa 200 metrni taşkil etgan.












