Makedoniya davlati nomi özgartirilişi böyiça ötgan referendumda davomat ovoz beriş natijalari tan olinişi uçun zarur bölgan 50 foizdan kamroqni taşkil qildi. 

Makedoniya markaziy saylov komissiyasi ma'lumotlariga köra, mamlakat aholisining faqat uçdan bir qismi (34 foizi) referendumda iştirok etgan. Ovoz berganlarning aksariyati (90 foiz) Makedoniya nomining özgartirilişini qöllab-quvvatlaşgan. Referendumda 1,8 mln ovoz beruvçidan 650 mingdan köproği iştirok etgan. 

Afina va Skope örtasidagi kelişuvga qarşi çiqayotgan, Gretsiya mudofaa vaziri Panos Kammenos referendum muvaffaqiyatsizlikka uçraganini, Makedoniya boş vaziri Zoran Zayev esa, aksinça, ovoz beriş muvaffaqiyatli ötganini aytgan. Ma'lum qilinişiça, referendumdagi past davomatga davlatning avvalgi nomi qoldirilişini istayotgan millatçilarning ovoz berişni boykot qilişga çaqiriqlari sabab bölgan.  

Zayevning ta'kidlaşiça, Makedoniya nomining özgartirilişi masalasi endi mamlakat parlamentida körib çiqiladi.

17 iyunda Makedoniya va Gretsiya sobiq yugoslav davlatining Şimoliy Makedoniya Respublikasi deb qayta nomlanişi böyiça kelişuv imzolagan. 

Mamlakatning nomi borasida Afina va Skope örtasidagi bahs 1991 yilda Makedoniya Yugoslaviyadan mustaqil bölgandan keyin boşlangan. Mamlakat nomi Gretsiyada şunday nomdagi viloyat borligi sababli Afina tomonidan tan olinmagan. Makedoniya nomining özgartirilişi Skopega NATO va Yevropa Ittifoqiga kirişga imkon beradi, çunki ikki davlat örtasidagi köp yillik bahsni hal qiladi.