Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Og‘riqli davr ortda qoldi». Erdo‘g‘an Germaniya bo‘yicha bayonot berdi
Foto: RIA Novosti
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 27-29 sentabr kunlari Germaniyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi yakunlariga bag‘ishlangan bayonotini tvitterdagi sahifasida e'lon qildi. Unda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda og‘riqli davr tugagani aytiladi.
«Ishonchim komilki, mening Germaniyaga davlat tashrifim ikki mamlakat o‘rtasidagi an'anaviy do‘stlikni mustahkamlashga hissa qo‘shadi. Bizning munosabatlarimizdagi og‘riqli davr ortda qoldi», deb yozgan Erdo‘g‘an.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat rahbarlarining pozitsiyasi Suriya mojarosini hal qilishda bir xildir. Xususan, prezidentning ta'kidlashicha, Turkiya Suriya muammosining gumanitar jihatlariga Germaniya e'tibor qaratayotganini ma'qullaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erdo‘g‘an Trampga gaz bo‘yicha qanday javob qaytargani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
09:26 / 07.05.2026
Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqini isloh qilish rejasini taklif etdi
09:51 / 06.05.2026
Turkiya o‘zining qit’alararo raketasini taqdim etdi
09:39 / 06.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi Turkiya fuqarosi Perudan O‘zbekistonga olib kelindi
07:38 / 06.05.2026