Ijtimoiy tarmoqlarda “Olmaliqda militsiya mayori pogoni yulinib, kaltaklandi” sarlavhasi bilan tarqatilgan maqola öz tasdiğini topmadi va voqeaning asl holati ma'lum böldi, deb xabar qilmoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi. 

2018 yilning 22 iyun kuni soat 23.00larda Olmaliq şahar, Primqulova köçasida, 1987 yilda tuğilgan E.D., 1988 yilda tuğilgan K.U. va E.S. jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimasdan baland ovozda baqir-çaqir qilib, oğzaki janjal qilgan vaqtda, fuqarolar tomonidan uşbu hudud profilaktika inspektori mayor Rahmonov Davronning uyiga borib, janjalni tinçlantiriş yuzasidan murojaat qilişgan. 

Uşbu hududga biriktirilgan, lekin tungi xizmatga jalb qilinmagan profilaktika inspektori mayor D.Rahmonov voqea joyiga yetib kelib, ulardan bezorilik harakatlarini töxtatişni va uylariga tarqalişlarini talab qilgan. Biroq E.D., K.U. va E.S. mayor D.Rahmonovga faol qarşilik körsatib, uning qonuniy talablarini bajarmasdan, uni haqorat qilib, obrösizlantirib, qöllarini qayirib, u holsizlanib qolgan vaqtda, göyoki xizmat vaqtida mast ekanligi haqida şa'niga putur yetkazuvçi haqoratli gaplarni aytib, uyali telefonga tasvirga olib, internet ijtimoiy tarmoqlari orqali tarqatib yuborganlar.

Aynan şu vaqtda uşbu hududga tungi xizmatga jalb qilingan profilaktika inspektori katta leytenant Valiyev Pölat hududni nazorat qilib yurganida janjal bölayotgan holatga duç keladi va mayor D.Rahmonovga yordamga boradi. Janjal bölgan joyda heç qanday restoran bölmagan, xodimlar esa şu kuni spirtli içimlik iste'mol qilmaganlar, deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Toşkent viloyati prokuraturasi tomonidan E.D., K.U. va E.S.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi (Qarşilik körsatiş, ya'ni xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga faol qarşilik körsatiş) va 140-moddasi 3-qismi “a” bandi (Haqorat qiliş: a) jabrlanuvçini öz xizmat yoki fuqarolik burçini bajarişi munosabati bilan boğliq holda) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.