Ostonada yaşovçi 40 yoşli ayol fohişalik bilan şuğullanişga jalb etişda gumonlanmoqda, deb xabar beradi Zakon.kz.
Jabrlanuvçilardan birining aniqlik kiritişiça, «Oksana» (gumonlanuvçi özini şunday deb taniştirgan) qizlarning pasport olib qöygan va ular har kuni saunalar, mehmonxonalar hamda ijaraga olingan kvartiralarda jinsiy xarakterga ega xizmatlarni körsatiş orqali 17 ming tengedan (taxminan 377 ming söm) pul berişlari haqida şart qöygan.
«Gumonlanuvçining yaşaş joyida Özbekiston Respublikasi fuqarolari bölgan sakkiz nafar qizning pasportlari va pullar topildi. Bundan taşqari, gumonlanuvçining kvartirasida yana uç nafar qiz bölgan. Ularning politsiyaga xabar berişiça, kvartira egasi ularni fohişalik bilan şuğullanişga majburlagan va pul bermagan», - deyiladi naşr xabarida.
Tadbirlarni ötkaziş çoğida fohişalik bilan şuğullanişga majburlangan boşqa qizlar bölgan yana bir neçta kvartira aniqlandi.
Sudga qadar tekşiruv ötkazilmoqda. Jabrlanuvçilarga yordam körsatiş maqsadida ular «Korgau Ostona» xususiy jamğarmasiga joylaştirildi.













