USM Holdings asosçisi va egalaridan biri Alişer Usmonov sanksiyalar bilan tadbirkorlarni tarbiyalaş kerakmasligini aytdi.

“Men sanksiyalar, jumladan u yoki bu siyosiy jarayonlarga umuman aloqasi bölmagan tadbirkorlarni, tarbiyalaşning yaxşi usuli, deb hisoblamayman. Bunda aksiyador yoki davlat korporatsiyasi rahbari vazifalarini vijdonan bajarayotgan kişining nima aloqasi bor? Taşkilotni jazolang, odamning nima aloqasi bor?”, deb aytgan Usmonov “Rossiya 1” telekanalida uzatiluvçi “Deystvuyuşçiye litsa s Nailey Asker-zade” körsatuvida. 

Usmonovning aytişiça, aksariyat hollarda kompaniyalarda aksiyador davlat bölib çiqadi.

“Davlatni sanksiyalar bilan tarbiyalaş esa XXI asrda inson duç kelayotgan jiddiy çorlovlarga qarşi kuraşdagi sa'y-harakatlarni birlaştiriş haqida köproq öylaş kerak bölgan bugungi dunyo uçun usul emas”, deb qöşimça qilgan Usmonov.