Özini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» rahbari Aleksandr Zaxarçenkoga uyuştirilgan suiqasd videosi paydo böldi. Rolik «Rossiya-1» telekanalining YouTube’dagi sahifasida e'lon qilingan.

Videokuzatuv kamerasidan olingan yozuvdan köriş mumkinki, binoning oldiga bir neçta avtomobil kelib töxtagan. Avtomobillardan biridan Zaxarçenko tuşgan va qöriqlaş xizmati hamrohligida kiriş eşigiga qarab yöl olgan. Kafega birinçi bölib uning tansoqçisi kirib, xonani tekşirgan. Şundan söng portlaş sodir bölgan.

31 avgust kuni Donetsk markazidagi «Separ» kafesida yuz bergan portlaş natijasida ikki kişi halok böldi, ular orasida özini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» («DXR») rahbari Aleksandr Zaxarçenko ham bor. Portlaşdan keyin olti kişi kasalxonaga olib ketilgan, yana beş kişi kasalxonaga borişdan boş tortgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina razvedkasi Zaxarçenkoga suiqasdni kim taşkillaştirganini ma'lum qilgandi.