Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda yuk mashinasidagi 20 toy paxta yonib ketdi
Joriy yilning 19 sentabr kuni tungi soat 1:05 da Samarqand viloyati Narpay tumani Mirbozor qo‘rg‘oni hududidan o‘tuvchi M-37 xalqaro avtomagistral yo‘lining 107-kilometrida harakatlanib ketayotgan fuqaro I.Jabborov boshqaruvidagi «Mercedens-Bens» yuk mashinasida yong‘in kelib chiqqan.
Samarqand viloyati Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, yong‘in natijasida avtoulov yukxonasidagi 20 toy paxta yonib ketgan.
Tuman yong‘in xavfsizligi bo‘linmasi voqea joyiga tungi soat 01:13da yetib borgan. Yong‘in tungi soat 01:50da to‘liq bartaraf etilgan.
Ayni vaqtda ushbu yong‘in sabablarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
22:05 / 27.06.2026
Farg‘onada gaz to‘ldirish vaqtida avtobus tomidagi gaz balloni yorilib ketdi
12:29 / 25.06.2026
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
12:23 / 22.06.2026